Hurmatli abonentlar!
Raqamli teleko‘rsatuvlar va radiotranslyatsiyalar sifatini yanada yaxshilash maqsadida, “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” MChJ tomonidan navbatdagi profilaktika ishlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
📅 Sanalar: 2025-yil 16–29 iyul
⏰ Vaqt: har kuni soat 01:00 dan 10:00 gacha
📍 Hududlar kesimida bosqichma-bosqich:
• 16 iyul - butun Respublika bo‘ylab
• 17-29 iyul - har kuni alohida viloyatda navbatma-navbat
Profilaktika ishlari davomida davlat, nodavlat va xorijiy telekanallarni uzatadigan raqamli teleuzatkichlar, shuningdek, davlat radiokanallarini efirga uzatadigan radiouzatkichlarda texnik xizmatlar bajariladi.
📎 Profilaktika ishlari jadvali bilan quyidagi fayl orqali tanishishingiz mumkin:
⚠️ Profilaktika ishlari davomida abonent uskunalarining (tyuner va televizor) sozlamalarini o‘zgartirish tavsiya etilmaydi.
Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.
Back