The site is currently in test mode.

Hurmatli abonentlar!

«RRTM» MChJ telekanallar almashtirilishini ma'lum qiladi. Kompaniya doimo abonentlar fikrini tinglaydi va efirga uzatiladigan telekanallar tarmog'ini yangilash ustida ishlaydi. Kompaniya tomonidan abonentlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijasida har bir tomoshabinni qiziqtiradigan eng ommabop va qiziqarli telekanallar tanlab olindi.

Abonentlarning so‘roviga binoan «Кинохит» telekanali «Киномикс» telekanaliga almashtirildi. Ushbu telekanal tematik kanal bo‘lib, o`z ichiga klassik filmlardan boshlab XXI asrga oid turli janrdagi filmlarni namoyish etadi.

 

Shuningdek, «Телекафе» telekanali «Кухня ТВ» telekanaliga almashtirildi. Ushbu kanal pazandalikka qiziqqan tomoshabinlar uchun mo‘ljallangan va mazali taomlar, noodatiy retseptlar va yorqin his-tuyg‘ularga boy ko‘ngilochar dasturlarni namoyish etadi. Toshkent shahri hamda Toshkent viloyati hududida mavjud bo‘ladi.

 

Ko‘p so‘ralayotgan «Музыка Первого» telekanali ham endi UZDIGITAL TV abonentlari uchun efirga uzatiladi va Toshkent shahri hamda Toshkent viloyati hududida mavjud bo‘ladi. Ushbu musiqiy kanal eng mashhur yosh ijrochilarning kliplarini namoyish qiladi.



Back