The site is currently in test mode.

15-May – Oila Kuni

O‘zbekistonda oila har doim jamiyat hayotida alohida va markaziy o‘rin egallagan.

Kattalarga hurmat, kichiklarga g‘amxo‘rlik, qarindoshlik rishtalarining mustahkamligi va o‘zaro yordam — bu qadriyatlar avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan va madaniyatimiz hamda an’analarimizning ajralmas qismidir.

 

Shu munosabat bilan “RRTM” MCHJ tomonidan tadbir tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — oilaviy qadriyatlarning muhimligini eslatish, avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy bog‘liqlikni mustahkamlash va iliqlik hamda birlik muhitini yaratishdan iborat bo‘ldi. Har bir oilada tinchlik, totuvlik va o‘zaro birdamlik hukm sursin!



Back