Hurmatli UZDIGITAL TV abonentlari!
Sizga shuni ma’lum qilamizki, barcha faol jismoniy shaxs abonentlarimiz uchun "Qulay imkoniyat" aksiyasi yo'lga qo'yildi.
Endi siz UZD+ OTT platformasidagi telekanallarga bepul obuna bo‘lish imkoniyatiga egasiz. Ushbu taklif "Setanta sports" telekanallari uchun amal qilmaydi.
Aksiya doirasida siz quyidagi imkoniyatlarga ega bo’lasiz:
- Bepul obuna: Kanallarga shartnomangiz faol bo'lgan butun davr mobaynida qo'shimcha to'lovsiz kirish imkoni beriladi.
- Paketlar bo'yicha cheklov yo'q: Aksiya barcha tarif rejalaridagi abonentlar uchun amal qiladi.
- Istagan joyda tomosha qiling: Sevimli telekanallarni o‘zingiz uchun qulay bo‘lgan istalgan joyda tomosha qilish imkoniyatiga egasiz.
Xizmatdan foydalanishni boshlash uchun UZD+ ilovasini App Store va Google Play'dan yuklab oling.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni 1065 raqami orqali olishingiz mumkin.
Aksiya shartlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin:
"Qulay imkoniyat" obunasini faollashtirish bo'yicha yo'riqnoma Bepul obunani faollashtirish uchun quyidagi amallarni bajaring:
1.UZD+ ilovasini oching.
2."Profil" bo'limiga o'ting.
3."UzDigital TV orqali kiritish" bandini tanlang.
4.Tegishli maydonga UZDIGITAL TV abonenti sifatida shaxsiy hisob raqamingizni (ID) kiriting.
5.Keyingi qatorga abonent uskunangizning seriya raqamini (USN) kiriting.
Orqaga