2026-yil 10-iyun kuni Toshkent teleminorasi hududida favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda shunday holatlarda xizmatlarning harakatlarini amaliy jihatdan sinovdan o‘tkazishga qaratilgan keng ko‘lamli maxsus taktik-o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi, Tez tibbiy yordam xizmati hamda Mudofaa Vazirligi Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi bo‘linmalari ishtirok etdi.
Mashg‘ulotlar davomida zilzila, yong‘in va boshqa ehtimoliy favqulodda vaziyatlar bo‘yicha turli ssenariylar amalda sinovdan o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi obyektda favqulodda vaziyat yuzaga kelganda tezkor xizmatlar va kuch tuzilmalarining o‘zaro hamkorligi, muvofiqlashtirilgan va tezkor harakatlarini sinovdan o‘tkazishdan iborat bo‘ldi.
Mashg‘ulotlar yakuniga ko‘ra, barcha belgilangan vazifalar yuqori darajada bajarildi va umumiy tayyorgarlik xolati ijobiy baholandi.
Tadbir so‘ngida ishtirokchilar va mehmonlar uchun xamkorlikdagi kuch-tuzilmalarning mashg‘ulotlarda foydalanilgan maxsus texnika hamda uskunalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Orqaga