Hozirda sayt sinov rejimida ishlamoqda

7–may Aloqa sohasi xodimlari kuni

Bugun butun mamlakat bo‘ylab Aloqa sohasi xodimlari kuni nishonlanmoqda. “RRTM” MChJ uchun esa bu sana ayniqsa muhim, chunki bu bizning kasb bayramimizni ifodalaydi.

Ushbu kunda uzoq yillar davomida sohaga xizmat qilayotgan barcha mutaxassislarga tabrik va ehtirom so‘zlari yangramoqda.

 

Bugun, ushbu muhim sana munosabati bilan Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazining asosiy zalida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda markazning Bosh direktori Shoakbar Toshpulatov yig‘ilganlarni kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi va bir qator xodimlar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

 

Bundan tashqari, bizning fidokor xodimlarimiz Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan ham e’tirof etilib, faxriy yorliqlar hamda “O‘z kasbining ustasi” belgisi bilan taqdirlandilar.



Orqaga